Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Quloq cho‘pidan nega foydalanmaslik kerak?

Quloq cho‘pidan nega foydalanmaslik kerak?

Foto: «Amp.clutch.ua»

Angliyada plastik quloq cho‘plaridan foydalanishni taqiqlab qo‘yishdi. Nima uchun? Endi bolaning qulog‘ini nima bilan tozalaydi?

Quloq cho‘plarini taqiqlab to‘g‘ri qilishdi, deyishmoqda otolaringologlar. Negaki ularning foydasidan ko‘ra zarari ko‘proq. Birinchidan, paxtali cho‘plardan tez-tez foydalanish bezlarni qo‘zg‘atib, oltingugurt ajralishini kuchaytiradi (bu esa tiqinlar hosil bo‘lishiga olib keladi). Ikkinchidan, oltingugurt tashqi quloq yo‘lida yig‘iladi (u yerdan barmoq bilan olib tashlash oson). Cho‘pdan foydalanganda esa oltingugurtni yanada ichkariroqqa kirgizib yuborasiz. Bu ham tiqinlar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Paxtali cho‘pdan noto‘g‘ri foydalanganda bolalarning nozik quloqlariga jarohat yetkazib qo‘yishni gapirmasa ham bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring