Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quvalik yigitning «o‘pka»ligi o‘z otasi va yana bir aybsiz fuqaroning o‘limiga sabab bo‘ldi

Quvalik yigitning «o‘pka»ligi o‘z otasi va yana bir aybsiz fuqaroning o‘limiga sabab bo‘ldi

Illyustrativ foto

Quvalik 29 yoshli A. Z. o‘z otasi va yana bir beayb insonning umriga zomin bo‘ldi.

Gap shundaki, shu yilning 7-noyabr kuni kunduz soat 11.00.lar chamasida Quva tumani Ittifoq mahalla fuqarolari yig‘inida istiqomat qiluvchi M. Q. va qo‘shnisi o‘rtasida janjal kelib chiqadi. Dahanaki jang mushtlashuvga aylangach, qo‘shni xonadonning ikki nafar yosh-yosh a’zosiga kuchi yetmasligini anglagan M. Q. (59 yosh) telefon orqali o‘g‘lini yordamga chaqiradi.

Otasining chaqiruviga asosan «Matiz»da yetib kelgan A. Z. mashinani to‘g‘ri janjallashayotganlar ustiga haydab yuboradi. Buning oqibatida uning otasi M. Q. va tomonlarni ajratayotgan va janjalga aloqasi yo‘q fuqaro I.B. (1985-yilda tug‘ilgan) voqea joyida vafot etadi. Qolganlar (ikki nafar qo‘shni va janjalning oldini olmoqchi bo‘lgan yana bir fuqaro) turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqiziladi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz» ma’lum qilishicha, holat bo‘yicha Quva tumani prokuraturasi tomonidan qotillik (97-modda, 2-qism) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Voqelikning qisqa mazmuni shu. Biroq uning izoh talab etadigan bitta nuqtasi borday.

Ma’lumki, Jinoyat kodeksining 97-moddasida qasddan odam o‘ldirishga oid jinoyat tansiflanadi. Yuqoridagi voqelikdan kelib chiqilsa, farzandda otasini qasddan o‘ldirish niyati bo‘lmagani aniq, baski, 97-modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi nechog‘li to‘g‘ri?

Mahkama matbuot xizmatining izohiga ko‘ra, otasining chaqiruviga asosan voqea joyiga yetib kelgan yigitda uni (otasini) qasddan o‘ldirish niyati bo‘lmagani rost. Biroq janjallashayotganlar ustiga mashinani qasddan haydagani — fakt. Oqibatini bilaturib qilgan bunday xatti-harakati natijasida otasidan tashqari janjalga aloqasi bo‘lmagan boshqa inson ham vafot etdi. Gap shunda. Ikkinchidan, jinoyat ishi holat bo‘yicha qo‘zg‘atilgan. Holatga uzil-kesil aniqlik esa tergov jarayonida kiritiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring