Quyi Chirchiq tumani hokimi vazifasidan ozod etildi

Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi mahsulot respublikadagi o‘rtacha darajadan past bo‘lgani uchun Prezident topshirig‘iga ko‘ra Quyi Chirchiq tumani hokimi vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan xabar berib o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati hokimligida o‘tayotgan videoselektor davomida qator hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni keskin tanqid qilib o‘tdi.
– Quyi Chirchiq, Bekobod, Ohangaron, Bo‘ka...
Aholi yashash sharoiti respublikaga nisbatan 3 baravar kam.
Viloyatda 121 ming kishi ishsiz, 117 ming kishi xorijda – ishlagani ketgan, 137 ming yosh iqtisodiy og‘ir ahvolda.
117 ming kishi - xorijda. Shular bizdan rozimi? Onasi har kuni bolasini duo qilmagani uchun bizdan rozimi?
Nuroniylar gapirmaydi. «Bag‘rikengmiz, bag‘rikengmiz...»
Gapiringlar. Achchiq-achchiq qilib gapiringlar, – deydi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter