Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rahbar va xodimlar vaqtining yarimi qog‘oz bilan ishlashga ketadi

Rahbar va xodimlar vaqtining yarimi qog‘oz bilan ishlashga ketadi

Foto: «egovernment.uz»

«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazida «Milliy axborot texnologiyalari» AJ kompaniyasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Botagoz Kasabek boshchiligidagi qozog‘istonlik hamkasblar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga markaz axborot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda Elektron hukumat markazi direktori Zafar Rahmatullayev mehmonlarni «Elektron hukumat» markazi faoliyati, elektron hukumat tizimining arxitekturasi va amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirdi.

Foto: «egovernment.uz»

Yig‘ilish avvalida markaz direktorining birinchi o‘rinbosari D.Atajanov davlat boshqaruvi tizimini raqamlashtirish, elektron hukumat tizimining rivojlanish bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berdi, statistik ma’lumotlar va biznes jarayonlarini optimallashtirish natijalarini taqdim etdi, raqamli transformatsiyalashning kelajakdagi istiqbollari xaqida ma’lumot berib o‘tdi.

Foto: «egovernment.uz»

Uchrashuv davomida qozog‘istonlik hamkasblar o‘z loyihalari va Qozog‘iston Respublikasining davlat elektron-litsenziyalash ma’lumotlar bazasiga (e.license) va yagona notarius axborot tizimiga (e.notary) alohida e’tibor qaratishdi.  

Qozog‘iston delegatsiyasining markazga tashrifi davomida mehmonlar ishtirokida AKT sohasida tajriba almashish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Seminarda mehmonlar uchta taqdimot o‘tkazishdi:

  • TOO «Dynamics Business Technologies» — Ish yuritishning elektron hujjat aylanishi tizimi.  «Rahbar va xodimlar o‘z vaqtlarining 50 foizdan ortig‘ini qog‘ozlar bilan ishlashga sarflaydilar. Natijada vazifalarning 20-30 foizi hal etilmay qoladi yoki kechikib bajariladi» — dedi qozog‘istonlik mutaxassis.
  • ORLEU — masofaviy ta’lim va testdan o‘tkazish tizimi — xodimlarni o‘qitish va o‘stirish muammolarining zamonaviy yechimi.  Ushbu taqdimotda masofaviy ta’lim tizimi xodimlarning samarali ishlashini ta’minlashga qanday yordam berishi,  shuningdek masofaviy ta’lim texnologiyalari tizimining asosiy afzalliklari haqida so‘z bordi.
  • iMAS — Qozog‘iston axborot texnologiyalari. iMAS tizimi OAV, ijtimoiy tarmoqlar,  bloglar,  messenjerlar,  veb-saytlar,  forumlar va har qanday veb-resurslar,  shuningdek televideniye,  radio va matbuotlarni kuzatib borish uchun Qozog‘istondagi eng kuchli tizimdir.  Ushbu tizim tashkilotlarga turli vaziyatlarni nazorat qilish imkonini beradi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar, olingan foydali ma’lumotlar, taassurotlar va tashkil etilgan seminar uchun qozog‘istonlik hamkasblarga minnatdorchilik bildirishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring