Elektron hisobvaraq-fakturalarning xavf darajasini aniqlash tartibi belgilandi
Elektron hisobvaraq-fakturalarning xavf darajasini aniqlash tartibi belgilandi.
Hukumat qarori (830-son, 26.12.2025 y.) bilan “Elektron hisobvaraq-fakturalarning xavf darajasini aniqlash va ularda aks ettirilgan operatsiyalar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom elektron hisobvaraq-fakturalarning (EHF) tovarlarni (xizmatlarni) aynan bitta yetkazib berish zanjiri bo‘yicha xavf darajasini baholash, ularni tegishli toifalarga ajratish tartibini, shuningdek, xavf darajasiga qarab EHFlar bo‘yicha QQS to‘lash va hisobga olish xususiyatlarini belgilaydi.
Nizomga ko‘ra, EHFlar xavf darajasini baholash tizimi (Axborot tizimi) asosida aniqlangan yuqori xavf darajasiga ega bo‘lgan EHFlarning ulushi hisobot davrida QQS to‘lovchilari tomonidan rasmiylashtirilgan jami EHFlar sonining 10 foizidan oshmasligi lozim.
EHFlarning xavf darajasi mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi:
Ushbu Nizomni qo‘llash maqsadida EHFlar xavf darajalari bo‘yicha quyidagi toifalarga muvofiq tasniflanadi:
- xavf darajasi past EHFlar;
- xavf darajasi yuqori EHFlar.
EHFlar axborot tizimida nazarda tutilgan har bir mezon bo‘yicha tegishli ballar sonini qo‘shish orqali avtomatik tarzda baholanadi.
EHFlar xavf darajalari bo‘yicha qo‘llanadigan har bir mezon bo‘yicha hisoblangan umumiy ball asosida tasniflanadi.
Soliq qo‘mitasi xavf darajasini hisobga olgan holda, EHFlarning markazlashtirilgan elektron reyestrini yuritadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter