Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari tomonidan Ustyurt regionidagi gelogiya-qidiruv va qazib chiqarish ishlari holati o‘rganilmoqda (Foto)

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari tomonidan Ustyurt regionidagi gelogiya-qidiruv va qazib chiqarish ishlari holati o‘rganilmoqda (Foto)

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari tomonidan Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli konlar va quduqlarda tabiiy gaz qazib chiqarilishi holati o‘rganilishi davom etmoqda.

O‘rganish ishlarining navbadagi kunida Ustyurt regionida uglevodorodlar zaxirasini o‘stirish Dasturi doirasida olib borilayotgan burg‘ilash ishlarini nazorat qilindi.

Jumladan, «G‘arbiy Quyi Surgil» konidagi 3-, 4-sonli va «Quyi Surgil koni» 8-, 10-sonli izlov qidiruv quduqlarida olib borilayotgan burg‘ilash ishlari bilan yaqindan tanishildi hamda zaxiralarni o‘stirish borasidagi ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli mutaxassislarga ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng, «Quyi Surgil» konidagi «O‘zneftgazburg‘ilash ishlari» MChJ tomonidan burg‘ilanayotgan 26-sonli va ERIELL kompaniyasi tomonidan burg‘ilanayotgan 23-, 24-sonli ishlatish quduqlaridagi burg‘ilash ishlari bilan tanishib chiqildi.

Kondagi 16-sonli quduqda olib borilayotgan murakkab ta’mirlash ishlari joyidan o‘rganildi. O‘rganishlar davomida quduqlarni burg‘ilash va ta’mirlash ishlarini olib borayotgan pudratchi tashkilotlar bilan mavjud muammoli masalalar muhokama qilinib boshqarma va tegishli departament boshliqlariga ishlarni qisqa muddatlarda yakunlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Bundan tashqari, boshqarmaga qarashli texnologik ob’yektlarda, jumladan «Arslon gazni kompleks tayyorlash qurilmasi»da 1 ta qo‘shimcha quvvati kuniga 3 mln. kub metr gazni kompleks tayyorlash vazifasini bajaruvchi texnologik tarmoqni qurish loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari ham joyidan ko‘rib chiqildi.

Oldin qabul qilingan qarorlarga asosan ushbu texnologik tarmoqni qurish uchun zarur bo‘lgan texnologik uskuna va apparatlarni Muborak va Sho‘rtan boshqarmalari ichki imkoniyatlardan ajratish belgilangan bo‘lib, hozirgi kungacha yetkazib berilgan texnologik apparatlar uchun temirbeton poydevorlarni quyish ishlari boshlangan.

O‘z navbatida, texnologik apparatlarni ichki ko‘rikdan o‘tkazish, bosim ostida sinab o‘rnatishga tayyorlash ishlari davom ettirilmoqda. Qurilish ishlarini ko‘zdan kechirish davomida qolgan texnologik apparatlar, po‘lat quvurlar, quvur armaturalari va boshqa zarur material-texnik resurslarni yetkazib berish, qurilish ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha pudratchi tashkilot vakillariga va mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Ustyurt boshqarmasi bo‘yicha 3 063,3 mln. kub metr tabiiy gaz va 29,2 ming tonna gaz kondensati qazib olinib, gaz qazib chiqarish o‘tkan yilga nisbatan 127% ni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkichlarga erishish uchun 2022 yilning o‘tgan davrida tabiiy gaz qazib chiqarish reja ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlashga qaratilgan jami 36 ta geologo-texnik tadbirlar amalga oshirildi.

Bunda 10 ta yangi gaz quduqlari burg‘ilashdan ishga tushirildi, 23 ta mavjud gaz quduqlarida kapital ta’mirlash va intensifikatsiya ishlari olib borildi hamda 3 ta texnologik ob’yektlar ishga tushirildi. Chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga qo‘shimcha 523,4 mln kub metr tabiiy gaz, 13,1 ming tonna gaz kondensati qazib chiqarildi.

Boshqaruv raisi tashrif davomida garchi barcha masalaga tanqidiy yondoshgan bo‘lsa-da, qo‘lga kiritilgan natijalarni ham alohida e’tirof etib, barcha ishchi-xodimlarning bu boradagi mehnatini qadrlashini bildirdi. Ishchi-xodimlar bilan  «Neft va gaz sanoati xodimlarining kasb bayrami» munosabati bilan Boshqaruv raisini tushlikka taklif qilishdi va samimiy suhbat qurildi.

«Ishchi guruh» o‘rganishlari natijasida, 2022 yil yil yakuni bilan gaz qazib chiqarishni ko‘paytirib umumiy qazib chiqarishni 5,0 mlrd.kub.m ga yetkazish uchun geologo-texnik tadbirlar doirasida 19 ta ishlatish quduqlari  burg‘ilashdan ishga tushirish belgilab olindi.

O‘z navbatida, 24 ta quduqlarda kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi, 2 ta texnologik ob’yektlar ishga tushirilishi hamda buning natijasida, qo‘shimcha tarzda 482,5 mln kub metr tabiiy gaz va 6,3 ming tonna gaz kondensati qazib chiqarilishi rejalashtirildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring