Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ramzan Qodirov: Ukrainada jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yilmoqda

Ramzan Qodirov: Ukrainada jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yilmoqda

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukraina Qurolli kuchlari hujumi ostida Xarkov viloyatida rus qo‘shinlarining chekinishi haqida gapirdi va harbiy harakatlar borishini jiddiy tanqid qildi.

Qodirov «maxsus harbiy operatsiya» o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritilmasa, «mamlakat rahbariyatiga murojaat qilishga» va’da berdi. Yakshanbaga o‘tar kechasi Qodirov o‘zining Telegram-kanalida 11 daqiqalik ovozli xabarni joylashtirdi. Undan ayrim iqtiboslar:

«Agar bugun yoki ertaga maxsus harbiy operatsiya o‘tkazishga o‘zgartirish kiritilmasa, u yerdagi vaziyatni tushuntirish uchun mamlakat rahbariyatiga borishga majbur bo‘laman».

«Men, Ramzan Qodirov, sizga rasman aytamanki, bu shaharlarning barchasi qaytariladi. Bizning yigitlar allaqachon o‘sha yerda. Yana 10 ming jangchi ketishga tayyor».

«Yaqin kunlarda biz Odessaga yetib boramiz, aniq natijalarni ko‘rasiz».

«Men Mudofaa vazirligidagilar kabi strateg emasman. Lekin xatolarga yo‘l qo‘yilgan. Ular xulosa chiqaradi deb o‘ylayman. Haqiqatni aytsangiz, yoqmasligi mumkin. Lekin men haqiqatni aytishni yaxshi ko‘raman. Biz frontdagi qo‘mondonlar bilan gaplashdik».

Eslatib o‘tamiz, yaqin kunlar ichida Ukraina armiyasi qarshi hujumga o‘tib, Xarkov viloyatida muvaffaqiyatlarga erishdi. Jumladan, Balakleyka, Kupyansk, Izyum kabi shaharlar qaytarib olindi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring