Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli transformatsiya allaqachon shu yerda, uning bir bo‘lagiga aylan!

Raqamli transformatsiya allaqachon shu yerda, uning bir bo‘lagiga aylan!

Foto: «IT Park»

IT Park 9 ta turli yo‘nalishlar bo‘yicha tanlovlar ketma-ketligini ishga tushirmoqda.

Tanlov loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan bo‘lib, buning narijasida davlat sektoriga tatbiq qilish, oqibatda esa O‘zbekistonning rivojlanishi va raqamlashishiga hissa qo‘shish mumkin.

Loyihalar qabul qilinishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar:

  1. Qishloq xo‘jaligi;
  2. Bank sohasi:
  3. Qurilish;
  4. Transport;
  5. Sog‘liqni saqlash;
  6. Ta’lim;
  7. Energetika;
  8. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya, davlat kadastri;
  9. Geologiya, mineral resurslar.

Ishtirokchilardan nima kutyapmiz?

Iqtisodiyot sohasini raqamlashtirishga yordam beruvchi raqamli yechimlar: ilova, xizmat, qurilma va boshqalar.

O‘tkazilish bosqichlari:

1-bosqich: eng yaxshi loyihalar tanlovi va saralashi;

2-bosqich: yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro harakatlar va davlat tashkilotlari bilan hamkorlik doirasida loyihalar akseleratsiyasi

3-bosqich: eng yaxshi loyihalarni iqtisodiyot va moliya sohalariga tatbiq qilish.

1-bosqich uchun ro‘yxatdan o‘tish 20 dekabrga qadar (shu kuni ham) davom etadi!

Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot saytda joylashgan: https://digitaleconomy.it-park.uz/

Ma’lumot o‘rnida:

Har bir iqtisodiyot sohasi loyihalarni topshirish uchun o‘z yo‘nalishlariga ega.

Bu haqida batafsil ma’lumot saytdan joy olgan: https://digitaleconomy.it-park.uz/

Ariza topshiring va sovrinlar yutish va IT Parkda O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy sohasida moliyalashtiriladigan hamda tatbiq etiladigan akseleratsiya dasturidan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ling.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring