Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Raqobat qo‘mitasi raisi boshqa ishga o‘tdi

Raqobat qo‘mitasi raisi boshqa ishga o‘tdi

2018-yil 2-avgust kuni Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Ravshan G‘ulomov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan o‘z vazifasidan ozod etildi.

Uning o‘rniga kim tayinlanishi hozircha noma’lum bo‘lib, qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Najmiddinxo‘ja Sharipov vaqtincha rais vazifasini bajarib turibdi.

Ravshan G‘ulomov 2017-yil 20-aprelda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlangan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u ayni paytda Vazirlar Mahkamasiga ishga o‘tgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring