Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman: Windows 10 ni qo‘llash to‘xtatildi

Rasman: Windows 10 ni qo‘llash to‘xtatildi

Foto: CNET

Microsoft korporatsiyasi 14-oktyabrdan Windows 10 operatsion tizimini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi. Kompaniya foydalanuvchilarga o‘z qurilmalarini Windows 11ga yangilashni tavsiya qildi.

14-oktyabrdan tizim va o‘rnatilgan dasturlar uchun xavfsizlik yangilanishlari ta’minoti hamda texnik yordam ko‘rsatish to‘xtatildi. Windows 10 ishlashda davom etsa-da, yangilanishlarning yo‘qligi kompyuterlarni zararli dasturlar va viruslar qarshisida zaiflashtirib qo‘yadi.

Yozda kompaniya 2026-yilgacha Windows 10 uchun Microsoft 365 ilovalari yangilanishlarini chiqarishni to‘xtatishini ham e’lon qilgandi. Bular jumlasiga Outlook, Teams, Office, OneDrive va SharePoint xizmatlari kiradi. Muddat tugagach ham bu dasturlar, jumladan, Word ishlashda davom etadi, ammo kompaniya ularning barqarorligiga javob bermaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring