Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ravshan G‘ulomov Vazirlar Mahkamasida departament mudiri etib tayinlandi

Ravshan G‘ulomov Vazirlar Mahkamasida departament mudiri etib tayinlandi

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Ravshan G‘ulomov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan o‘z vazifasidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.

Xususan, u Vazirlar Mahkamasiga ishga o‘tgani ma’lum qilingandi. Ravshan G‘ulomov aynan qaysi lavozimga tayinlangani aniq bo‘ldi.

Hukumatning 7-avgustdagi qaroriga muvofiq, Ravshan Ayubovich G‘ulomov Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentining mudiri etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring