Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rektorlar uchun Huawei kompaniyasi ofisida davra suhbati o‘tkazildi

Rektorlar uchun Huawei kompaniyasi ofisida davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekistondagi yetakchi universitetlar rektorlari AKT ta’limini rivojlantirish yo‘nalishini muhokama qilish maqsadida Huawei kompaniyasida yig‘ildilar. 2021 yilning 2 aprelida Huawei kompaniyasi ofisida AKT akademiyasining ochilishi va mazkur sohaning ta’lim yo‘nalishini rivojlantirish mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Huawei taklifiga binoan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli iqtisodiyot va IT sohasida kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan universitetlar rahbarlari yangi sharoitlar bilan tanishish maqsadida kompaniya ofisiga tashrif buyurishdi. Shu kuni Texnik yechimlarni tayyorlash va sotishni qo‘llab-quvvatlash markazi (TSSK) joylashgan binoning rasmiy ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Mazkur markaz Huawei Uzbekistan ofisidada 2012 yilda ochilgan bo‘lib, Markaziy Osiyo va Yevropa mamlakatlari va Rossiyadagi sotuv jarayonini texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha beshta global markazlardan biri hisoblanadi.

Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Toshkentdagi INHA universiteti, Toshkentdagi YeOJU instituti, Toshkentdagi Amiti universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, shuningdek MGIMOning Toshkentdagi filiali rektorlari ochilish marosimida ishtirok etishdi, yangi ofisni ko‘zdan kechirishdi va kompaniyaning yangi yechimlari bilan tanishishdi.

Marosimdan so‘ng, universitet rektorlari va kompaniya rahbariyati bilan davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuv davomida Huawei o‘zining AKT sohasida kadrlar tayyorlash, iqtidorli bitiruvchilarga amaliyot o‘tash imkoniyatlarini taqdim etish va ularni ish bilan ta’minlash bo‘yicha kelgusidagi rejalari bilan bo‘lishdi. Muhokama qilingan yana bir mavzu — AKT sohasida o‘qituvchilar va mutaxassislarni tayyorlash, yosh avlod o‘rtasida raqamli texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini ommalashtirish, mutaxassisliklarni yaratish va optimallashtirish, o‘quv dasturlari tizimini mukammallashtirish va laboratoriyalarni qurishda hamkorlik qilish bo‘ldi.

Shu maqsadda mahalliy universitetlarda Huawei kompaniyasining «AKT akademiyasi»ni ochish masalasi ko‘rildi. Mazkur dastur O‘zbekiston talabalariga AKT mahsulotlari va Huawei texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi, Huawei kompaniyasining sertifikatlash dasturida ishtirok etishlariga imkon yaratadi va O‘zbekistonda jamiyatga va AKT sanoatiga foyda keltirishga qodir iste’dodlarning rivojlanishiga yordam beradi.

Suhbat davomida rektorlar o‘z muassasalarida «AKT akademiyasi» loyihasini ishga tushirishni qo‘llab-quvvatlash va Huawei kompaniyasi bilan yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorliklarini bildirishdi.

«O‘zbekistonning iqtidorli yoshlari uchun AKT sohasida, jumladan 5G va sun’iy intellekt kabi so‘nggi texnologiyalarni o‘rganish, kompaniyamizda amaliyot o‘tash, yaxshi maosh to‘lanadigan ish bilan ta’minlash, shuningdek, ishlash uchun ham, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun ham xalqaro darajadagi sharoitlarni yaratish borasida qanday imkoniyatlar ochib berilayotganiga ishonch hosil qilishlari uchun rektorlarni taklif qildik. Huawei kompaniyasi axborot texnologiyalari sohasida, sanoatning ilmiy salohiyatini rivojlantirishda va qimmatli raqamli kadrlarni shakllantirishda O‘zbekistonning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikni davom ettirishga to‘liq tayyorligini ma’lum qiladi», — deydi Huawei Uzbekistan direktori Lyu Tszyasin.

Suhbat davomida rektorlar o‘z fikrlari va g‘oyalari bilan bo‘lishdilar. Shuningdek, eng muhim masalalarni, yangi imkoniyalar va ta’lim dasturlari prizmasi orqali AKT sanoatini rivojlantirish yo‘nalishini muhokama qilish uchun mana shu shaklda tez-tez yig‘ilib turishga kelishib olishdi.

Huawei kompaniyasi 20 yildan buyon O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda va AKT sohasida bo‘lajak mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratmoqda. Kompaniya O‘zbekistondagi internet texnologiyalari universitetlari bilan olib borayotgan uzoq muddatli hamkorligi asosida 7 yildan buyon Seeds for the Future loyihasini amalga oshirib kelmoqda. 2021 yilning noyabr oyida loyiha onlayn shaklda bo‘lib o‘tadi va unda ishtirok etish uchun taklif qilingan universitetlar ro‘yxati kengaytirilib, ko‘p sonli talabalar qamrab olinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring