«Remdesivir» va yana uch dorini JSST samarasiz deb topdi

Kasalxona sharoitida koronavirusdan davolanishda o‘lim holatlarini kamaytirishda «Remdesivir», «Gidroksixloroxin», «Lopinavir/Ritonavir» va «Interferon» kabi dorilar deyarli foydasiz. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bayonot berdi.
Hamkorlikdagi klinik sinovlarining oraliq natijalari «Remdesivir», «Gidroksixloroxin», «Lopinavir/Ritonavir» va «Interferon» dorilari kasalxonada 28 kundan ortiq davolanayotgan bemorlar o‘rtasida o‘lim holatlarini pasaytirishga juda kuchsiz ta’sir ko‘rsatganini yoki umuman foydasiz bo‘lganini tasdiqladi.
Tadqiqot 30 dan ortiq mamlakatni qamrab oldi.
Eslatib o‘tamiz, Amerikaning «Gilead Sciences» farmatsevtika kompaniyasi o‘zi ishlab chiqqan «Remdesivir» dori vositasi bemorlarning sog‘ayish muddatini to‘rt kungacha qisqartirishini ma’lum qilgandi.
AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Isroil, Buyuk Britaniya va Rossiyada koronavirus bemorlarini davolashda «Remdesivir»dan foydalanishga ruxsat berilgan. Ushbu dori dastavval gepatit C ni davolash hamda respirator-sinsitial virusga qarshi ishlab chiqilgan. Shuningdek, Ebola bezgagiga qarshi ham sinab ko‘rilgan, ammo samara bermagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter