Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Reuters»: Yevropa davlatlari AQShni Eronga qarshi qayramoqda

«Reuters»: Yevropa davlatlari AQShni Eronga qarshi qayramoqda

Foto:«Shutterstock»

Yevropaning yetakchi davlatlari Eronni Saudiya Arabistoni neft bazalariga hujum qilganlikda ayblab, AQSh sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlamoqda, deya yozadi «Reuters».

14-sentyabr kuni Saudiya Arabistonining neft zavodlariga hujum qilingach, rasmiy ar-Riyod va Vashington Eronni ayblab chiqdi. Yamanning Saudiya Arabistoni boshchiligidagi harbiy koalitsiyasiga qarshi kurashayotgan Yamanning Eron bilan birlashgan Husiy guruhi bu hujumni amalga oshirganini bildirdi.

Angliya, Germaniya va Fransiya AQShning bunga javoban qo‘llagan sanksiyalarni qo‘llab-quvvatladilar va Eronni Saudiyaning neft zavodlariga hujum qilganlikda aybladilar.

Shuningdek, ular rasmiy Tehronni o‘zlarining yadroviy va raketa dasturlari va mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yangi muzokaralarga rozi bo‘lishga chaqirgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring