Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Krishtianu Ronaldu yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Krishtianu Ronaldu yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Foto: «Global Look Press»

«Yuventus» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Globe Soccer Awards» marosimida 2018-yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’lon qilindi.

O‘tgan yili yozda «Real»dan «Yuventus»ga o‘tgan futbolchi jami besh marotaba «Globe Soccer Awards»ning ushbu sovriniga loyiq ko‘rilmoqda. Bu rekord natijadir.

Shuningdek, Fransiya terma jamoasi bilan JCh-2018da  chempionlikka erishgan Dide Desham yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Yevropa ligasi va UEFA superkubogini qo‘lga kiritgan «Atletiko» esa «Yilning eng yaxshi klubi» deya tan olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring