Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ronaldu yangi rekord o‘rnatdi

Ronaldu yangi rekord o‘rnatdi

«An-Nasr»ning 39 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu gol+pas tizimi bo‘yicha Saudiya Arabistoni Pro-ligasi rekordini o‘rnatdi.

«Al-Hilol» bilan uchrashuvda (1:1) Ronaldu golli uzatmani amalga oshirdi. Endilikda uning hisobida joriy chempionatda 44 ochko bor. Shu tarzda u 2018/19 yilgi mavsumda 43 ochko to‘plagan Abdurazoq Hamdallani ortda qoldirdi.

Krishtianu Ronaldu «An-Nasr»ga 2023 yilda erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan. Joriy mavsumda Ronaldu barcha turnirlarda 41 ta uchrashuvda qatnashib, 42 ta gol va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring