Rossiya Odessaga aviazarbalar berdi
Ukraina harbiylariga ko‘ra, Rossiya Odessadagi savdo markazi va omborga raketa zarbalari bergan. Hujum natijasida bir harbiy halok bo‘lgan, bir qancha jarohatlanganlar bor. Odessa ma’muriyati tinch aholi orasida qurbonlar borligini qayd etmagan.
Yevropa Kengashi prezidenti Charlz Mishel va Ukraina bosh vaziri Denis Shmixalning Odessadagi uchrashuvi raketa hujumi tufayli to‘xtatilgan. Muzokaralarning keyingi manzili ochiqlanganicha yo‘q.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy port shaharga tashlangan raketalar fonida xalqaro siyosiy kuchlardan yana bir bor yordam so‘radi: «Dunyo natsizm ustidan qozonilgan g‘alabani nishonlayotgan bir davrda biz yangi g‘alaba sari harakat qilishimiz kerak».
Kiyev va Moskva o‘rtasidagi munosabatlar beqarorligicha qolmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter