Rossiyada ilk marta chikungunya bezgagi aniqlandi

Rossiya hududida 2025-yilning ilk holati sifatida chikungunya bezgagi qayd etildi. Bu haqda Rospotrebnadzor ma’lum qildi.
Tibbiy ma’lumotlarga ko‘ra, kasallangan erkak Shri-Lankadan Moskvaga kelgan. U o‘sha yerda 10 kun dam olgan va qaytib kelganidan bir kun o‘tib, o‘zini yomon his qilgan va shifokorga murojaat qilgan. Avvaliga unda denge virusi bo‘lishi mumkin, degan gumon qilingan, ammo tahlillar chikungunya virusini ko‘rsatgan.
Hozir bemor infeksion shifoxonada, holati o‘rtacha og‘irlikda deb baholanmoqda.
Rospotrebnadzor mutaxassislari barcha zarur epidemiyaga qarshi choralarni ko‘rganini ma’lum qilgan. Aholi orasida infeksiya tarqalishi xavfi yo‘qligi aytilmoqda.
«Chunki chikungunya odamdan odamga o‘tmaydi, faqatgina hasharotlarning chaqishi orqali tarqaladi. Rossiya hududida bu virusni tashuvchi hasharotlar soni esa xavf darajasiga yetmagan.
Shuningdek, davlat chegaralari orqali o‘tuvchi yo‘lovchilarni kuzatish uchun «Perimetr» tizimi ishlab turibdi. U infeksiya belgilari bo‘lgan shaxslarni tez aniqlashga yordam bermoqda», – deyiladi Rospotrebnadzor xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter