Rossiyada internet tizimida ommaviy uzilishlar kuzatildi
Rossiyada internet tizimi bilan bog‘liq ommaviy uzilishlar kuzatildi.
Dastlab foydalanuvchilar Telegam messenjeridagi uzilishlarni payqagan. Biroq bir muddat o‘tib Rossiyadagi barcha internet platformalarida, jumladan, WhatsApp, Discord, Dota 2, hatto, Rostelekom ishida muammolar kuzatildi.
Roskomnadzor «rusnet»dagi keng ko‘lamli uzilishlarga izoh berdi.
«Rossiyada internet-xizmatlarning ishlamay qolishi aloqa operatorlariga DDoS hujumi bilan bog‘liqligi aniqlandi», – deyiladi Roskomnadzor munosabatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter