Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada migrantlar uchun daromad solig‘ini oshirish taklif qilindi

Rossiyada migrantlar uchun daromad solig‘ini oshirish taklif qilindi

Rossiya Davlat Dumasida migrantlar uchun jismoniy shaxslar daromad solig‘ini 30 foizgacha oshirish taklif qilindi. Bu haqda TASS LDPR fraksiyasi rahbari birinchi o‘rinbosari Andrey Lugovoyga asoslanib, xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, migrantlar Rossiya infratuzilmasi va tibbiyot tizimidan foydalanadi, shu sababli ular daromad solig‘ini to‘liq stavkada to‘lashi kerak.

Deputat soliqlarni to‘lamagan migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishni ham taklif qildi. «Soliq ta’tillari va bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘lmasligi kerak: to‘lamadingmi — mamlakatni tark et», — dedi Lugovoy.

Shuningdek, Rossiyaga kirish uchun maxsus avans hisobini joriy etish taklif qilindi. Unga migrant yoki ish beruvchi deportatsiya, vaqtincha saqlash markazida bo‘lish, sud xarajatlari va jarimalarni qoplash uchun mablag‘ kiritishi kerak.

Lugovoyning ta’kidlashicha, migratsiya siyosati Rossiya manfaatlariga moslashtirilishi va chet el fuqarosining mamlakatda qayerda, qanday asosda yashayotgani, ishlayotgani, soliq to‘layotgani hamda qonunlarga rioya qilayotganini nazorat qilish imkonini beruvchi yagona tizim yaratilishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring