Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyadagi G‘alaba paradi kechiktiriladi

Rossiyadagi G‘alaba paradi kechiktiriladi

Foto: «Pixabay»

Rossiya hukumati 9-maydagi G‘alaba bayrami va paradi o‘tkaziladigan muddatni surishga qaror qildi. Bu haqda RBK o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.

Nashr bu haqda rasman hafta oxirigacha Rossiya prezidenti Vladimir Putin bayonot beradi, deb yozmoqda.

Nashr manbasi esa paradning ko‘chirilishi bugun, 16-aprelda Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ma’lum qilinishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sababli urush veteranlari prezident Putindan paradni o‘tkazishni kechiktirishni so‘rashgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring