Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyadagi musobaqada yetti bokschimiz finalga chiqdi

Rossiyadagi musobaqada yetti bokschimiz finalga chiqdi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Bilasiz, shu kunlarda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha xalqaro «Gubernator kubogi» bo‘lib o‘tmoqda.

Kecha o‘n nafar bokschimiz final jangini o‘tkazishi haqida ma’lum qilgan edik. Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, yarim final yakunlariga ko‘ra, yetti nafar o‘zbekistonlik bokschi hal qiluvchi janglarga yo‘llanma oldi. E’tiborlisi, -56kg vazn toifasida ikki bokschimiz oltin medal uchun o‘zaro hisob-kitob qilib oladilar.

Unga ko‘ra, bokschilarimiz finalda quyidagi raqiblarga qarshi jang qiladilar:

-49 kg: Hasanboy Do‘smatov – Bator Sagaluyev (Rossiya)

-56 kg: Shahobiddin Zoirov – Miraziz Mirzahalilov

-60 kg: Shunqor Abdurasulov – Albert Batirgaziyev (Rossiya)

-75 kg: Isroil Madrimov – Gleb Bakshi (Rossiya)

-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev – Georgiy Kushitashvili (Rossiya)

+91kg: Bahodir Jalolov – Vladislav Muravin (Rossiya)

Jasurbek Latipov, Iqboljon Xoldorov va Sanjar Tursunovlar musobaqaning bronza medali bilan kifoyalanishdi. Final bellashuvlari ertaga bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring