Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyaga qarshi eng ko‘p sanksiya kiritgan mamlakatlar ma’lum bo‘ldi

Rossiyaga qarshi eng ko‘p sanksiya kiritgan mamlakatlar ma’lum bo‘ldi

Illyustrativ foto

Rossiyaga qarshi 2014-yildan buyon joriy etilgan sanksiyalar soni 31,5 mingtadan oshdi. Bu haqda RIA Novosti ochiq ma’lumotlar va Castellum mustaqil tahliliy portali axborotiga asoslanib xabar berdi.

Bu yerda gap savdoga oid bo‘lmagan cheklovlar haqida ketmoqda (muayyan tovarlar savdosiga qo‘yilgan sanksiyalar bundan mustasno). Cheklovlarning qariyb 92,5 foizi 2022-yil fevral oyi oxiridan boshlab kuchga kirgan.

Rossiyaga qarshi eng ko‘p cheklovlarni AQSh kiritgan — 23,5 foiz yoki 7 411 ta. Ularning soni biroz kamaygan, chunki Qo‘shma Shtatlar 2025 yil 18 dekabr kuni yettita yuridik va ikki nafar jismoniy shaxsni Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatidan chiqargan edi. Cheklov kiritgan mamlakatlar yetakchi uchligidan Kanada (12,6 foiz, 3 980 ta) va Shveysariya (12,2 foiz, 3 851 ta) joy oldi.

To‘rtinchi o‘rinni Yevropa Ittifoqi band etdi: 19-sanksiyalar paketini ham qo‘shganda, YI Rossiyaga qarshi 3 212 ta cheklov (10,2 foiz) joriy etgan. Keyingi o‘rinlarda: Norvegiya — 2 838 ta (9 foiz), yangi cheklovlar hisobiga oltinchi o‘ringa ko‘tarilgan Buyuk Britaniya — 2 537 ta (8,1 foiz), Islandiya — 2 482 ta (7,9 foiz) va Yangi Zelandiya 2 032 ta (6,4 foiz) sanksiya.

O‘nlikka, shuningdek, Avstraliya — 1 694 ta (5,4 foiz) va Yaponiya — 1 441 ta (4,6 foiz) ham kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring