Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rus artistlari to‘yda kelinni urgan surxonlik kuyovga qarshi «isyon» ko‘tardi

Rus artistlari to‘yda kelinni urgan surxonlik kuyovga qarshi «isyon» ko‘tardi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatidagi to‘ylardan birida kelin-kuyov o‘rtasida o‘yin o‘tkazilgani va yutqazgan kuyov kelinning boshiga urgani aks etgan video tarqalgan. Tarmoqda ushbu holat keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ushbu video nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda ham tarqalib, shov-shuv keltirib chiqarmoqda. Bir tomonda Vetnam qoralab chiqsa, boshqa tomonda ruslar jim qarab turolmagan.

Xususan, telejurnalist va aktrisa Kseniya Sobchak mazkur voqeani bee’tibor qoldirmagan: «O‘zbekistonda kuyov to‘ydagi o‘yinda yutib qo‘ygani uchun kelinning boshiga urgan. Qizning oilaviy hayoti shunday boshlanyapti».

Boshqa bir Kseniya Borodina esa hissiyotga berilib ketgan: «Qanday sharmanda! Har safar shunday narsa ko‘rsam, bu qizning otasi va akalari qayerda ekanini tushunmay o‘taman. Nega ular bunaqa «kuyov»ni joyiga o‘tqazib qo‘yishmaydi. Dahshat!».

Taniqli aktrisa Yekaterina Volkova ham muhokamalardan chetda qolmagan: «O‘zbekistondagi to‘y. Qayerdaligi muhim emas. Muhimi — bu yigit yopiq eshiklar ortida, mehmonlar to‘la zaldan qo‘rqmagani. U o‘yinda yutqazib qo‘ygani uchun kelinni urgan. Bu oddiy holatmi o‘zi? Bunaqalarga nisbatan men zolimga aylanaman. Urish yaxshi ish emasligini bu ahmoqqa birov o‘rgatmaganmi? Bunaqalarni davolash kerak!»

Qayd etish lozim, voqea qachon sodir bo‘lgani hozircha noma’lum.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring