Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sabzi narxi qimmatlaganiga rasmiy izoh berildi

Sabzi narxi qimmatlaganiga rasmiy izoh berildi

Respublikada sabzi narxining oshgani, uning import qilish ehtimoli yuqori ekanligi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga Qishloq xo‘jaligi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Nega sabzi narxi qimmatlashdi?

Joriy yilning aprel-may oylarida sabzining bozorlardagi o‘rtacha narxi 2000-2500 so‘mni tashkil etgan. Ammo, hozirgi paytda sabzining narxi keskin oshishi kuzatilmoqda. Joriy yilning ertaki muddatlari, ya’ni fevral-mart oylarida  fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarining asosiy maydonlarida 15,2 ming gektar,   aholi tomorqa maydonlarida esa 18,4 ming gektar sabzi ekinlari ekilgan.

Joriy yil fevral va aprel oylarida havoning keskin sovib ketishi kuzatildi. Aynan shu sababli  ertaki muddatda ekilgan sabzining pishishi 20-25 kunga uzayishi qayd etildi. Shu bois sabzining mavsumiy to‘liq yetilish va yig‘ishtirib olish muddati iyun oyining oxiriga to‘g‘ri kelmoqda.

Ayni paytda Vazirlik tegishli mutasaddilar bilan birgalikda mahsulotni qisqa muddatda  daladan yig‘ishtirib olish hamda Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy dehqon bozorlariga o‘z vaqtida  yetkazib berish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqqan.

Qayd etilishicha, ayni paytda  fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan g‘alladan bo‘shagan 40,5 ming gektar maydonlarga sabzi ekish rejalashtirilgan.

Respublika hududlarining iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda sabzi mahsuloti oktyabrgacha dalalarda yetishtirilib, aholiga yetkazib berish bo‘yicha prognoz parametrlar belgilangan.

Vazirlik ma’lumotida keltirilishicha, bugungi kunda respublikaning dehqon bozorlarida sabzining o‘rtacha narxlari 6000-8000 so‘m/kg bo‘lsa, fermer xo‘jaliklari dala maydonlarida 4000-5000 so‘m/kggacha tashkil etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring