Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sadir Japarov poytaxtimizga yetib keldi

Sadir Japarov poytaxtimizga yetib keldi

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rafiqasi Aygul Japarova hamrohligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n oltinchi sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Shundan so‘ng, Oliy martabali mehmon o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan IHT sammitida ishtirok etish uchun bunga qadar, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov va Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar poytaxtimizga yetib kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring