Saida Mirziyoyeva: «Hamkorlarning bizga ishonchi va e’tibori ortmoqda» (foto)
Prezident administratsiyasi rahbari Qoraqalpog‘istonga tashrif natijalari va yangi investitsiya loyihalari haqida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, davlatimiz rahbari qator obyektlarda bo‘ldi, jumladan, yangi tibbiyot akademiyasi, sanoat korxonalari hamda intensiv bog‘lar ko‘zdan kechirilib, aholi bandligini ta’minlash va odamlar daromadini oshirish borasida yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
Administratsiya rahbari ushbu tashrifning asosiy voqeasi energetika, sanoat, transport, tibbiyot, raqamli infratuzilma va boshqa sohalardagi qator yirik loyihalarga start berilgani bo‘lganini alohida ta’kidladi. Ushbu loyihalarning aksariyati nufuzli xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgani, Qoraqalpog‘istonga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar hajmi ortib, yangi salmoqli loyihalar ko‘payayotgani qayd etildi. Bu mamlakatimizga bo‘lgan yuksak ishonch hamda tadbirkorlik uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlarning amaliy tasdig‘idir.
«Biz yo‘limizda qat’iy davom etamiz: sarmoyalar oqimini yanada kuchaytirish, xalqaro hamkorlar safini kengaytirish va ko‘lami bundan-da ulkan yangi loyihalarni ishga tushirish bosh maqsadimiz bo‘lib qoladi», — dedi Saida Mirziyoyeva.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter