Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saljuq Bayraktar Buxoroning tarixiy ahamiyati haqida gapirdi

Saljuq Bayraktar Buxoroning tarixiy ahamiyati haqida gapirdi

Uchuvchisiz parvoz qiluvchi jangovar qurilmalar ishlab chiqaruvchisi, Baykar Technology shirkati direktori Saljuq Bayraktar Buxoro shahrida o‘tkazilgan Turkiy davlatlar tashkilotining IV Yosh liderlar forumida qatnashdi. Mudofaa sanoati sohasidagi taniqli tadbirkor anjuman doirasida yoshlarga ishbilarmonlik va media yo‘nalishida mahorat darsi o‘tdi.

S.Bayraktar ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida safar taassurotlari bilan o‘rtoqlashib bordi.

Buxoroni «ochiq osmon ostidagi muzey shahar» deb atagan turkiyalik mehmon bu qadim go‘shadagi tarixiy-me’moriy obidalar yuksak tamaddundan dalolat berishini ta’kidlagan.

«Ibn Sino, Xorazmiy, Farg‘oniy, Ali Qushchi va boshqa buyuk allomalarga beshik bo‘lgan zamindamiz. Bizni xushhol qarshi olgan ko‘hna Buxorai sharif bizga ham ruhiy, ham ma’naviy jihatdan ilhom bermoqda», – deydi S.Bayraktar.

Taniqli tadbirkor turkiy dunyo buyuk allomalardan kuch olgan holda yangi yuzyillikda munosib darajalarga ko‘tarilishiga ishonch bildirgan.

Saljuk Bayraktar uchuvchisiz parvoz qiluvchi harbiy qurilmalar bozorida o‘ziga xos inqilob yasagan shaxslardan biri deb ta’riflanadi. Eslatib o‘tamiz, u 2016 yilda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning kenja qizi Sumayya Erdo‘g‘onga uylangan.

Avval xabar berganimizdek, Massachusets texnologiya instituti bitiruvchi bo‘lgan S.Bayraktar dunyoda kam uchraydigan yangi avlod dronlarini yaratish rejasi bilan o‘rtoqlashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring