Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Salqin havo chekina boshlaydi — «O‘zgidromet»

Salqin havo chekina boshlaydi — «O‘zgidromet»

O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 19-23 avgust kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.

Dam olish kunlarida O‘zbekiston hududiga salqin havo kirib keldi. O‘tgan haftada kuzatilgan kuchli issiqdan so‘ng respublika hududining katta qismida harorat 8−10 darajagacha pasaydi.

Hafta boshidan havo harorati asta-sekin ko‘tariladi, lekin ish haftasining oxirigacha nisbatan qulay bo‘ladi. Kunduz kunlari havo +30…+35 darajagacha, ba’zi joylarda +37 darajagacha isiydi.

Ushbu kunlarda asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari +18…+21, kunduz kunlari +32…+35 daraja bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring