Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda 16 yoshli yigitning jasadi 8 kun o‘tib topildi

Samarqandda 16 yoshli yigitning jasadi 8 kun o‘tib topildi

Foto: «Xabar.uz»

2022-yil 8 iyun kuni soat taxminan 12:00 larda Urgut tumani Raxmatobod mahallasidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosining chap qirg‘oq kanaliga shu mahallada yashovchi 2006 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan F.M. o‘z ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketib, cho‘kib ketgan.

Samarqand viloyati prokuraturasining xabar qilishicha, ko‘rilgan qidiruv ishlari natijasida, 16 iyun kuni soat 13:30 larda «Boybul» mahallasi hududidan o‘tgan «Jartepa» va «Panjikent» yo‘nalishini kesib o‘tuvchi «Yangi Darg‘om» kanalining o‘ng tomon qirg‘og‘idan F.M.ning murdasi tan jarohatlarisiz topilgan.

O‘lim sababini aniqlash uchun sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan, biroq marhumning ota-onasi va yaqin qarindoshlari holat yuzasidan biron bir kishiga da’vo va e’tirozlari yo‘qligini hamda ekspertizadan o‘tkazishga norozi ekanligini bildirishgan.

Voyaga yetmagan F.M. o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida suvga tushib cho‘kib vafot etishi holatida biror-bir shaxsning harakati yoki harakatsizligida jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi sababli, Urgut tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring