Samarqandda bir oilaning besh a’zosi uyda tayyorlangan konserva mahsulotidan zaharlandi
Samarqand viloyatining Payariq tumanida noxush hodisa ro‘y berdi.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, 9 aprel kuni soat 16.00larda, Yomontup mahallasida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan Sh.Isayev uyida birga yashovchi turmush o‘rtog‘i, 1977-yilda tug‘ilgan M.Isayeva va uch nafar farzandi bilan birga uy sharoitida tayyorlangan pomidor tuzlamasini iste’mol qilib, sog‘liqlari yomonlashgan.
Zaharlangan oila a’zolari zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter