Samarqandda dorifurushlar ushlandi: tafsilotlar
Samarqand viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi.
Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida Samarqand shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar J.Z. va J.X. xorijda ishlab chiqarilgan 48 quti «NEBIDO» (inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi) hamda «XTANDI» nomli dori vositalarini fuqaroga 98 mln so‘m va 5 500 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter