Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda elektr korxonasining ikki xodimi ushlandi

Samarqandda elektr korxonasining ikki xodimi ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda tuman ETK texnik xodimi R.R. va hisobchisi S.T. fuqaro F.B.ning xonadonida elektr tarmog‘idan foydalanish tartibini buzganligi holati bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirmaslik hamda hisoblagich ko‘rsatkichini “nol” qilib berish evaziga 7,5 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlanib, shundan 5 mln so‘mi qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring