Madaniyat xodimi, dorboz Tursunali Mamajonov vafot etdi
![Madaniyat xodimi, dorboz Tursunali Mamajonov vafot etdi](https://xabar.uz/static/crop/3/2/920__95_3213427085.jpg)
Bugun, 28 iyul kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, «Vodil chinori» xalq dorbozlik jamoasi badiiy rahbari Tursunali Mamajonov 75 yoshida vafot etdi.
Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Tursunali Mamajonov 1949-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U Farg‘ona viloyati hayvonot bog‘i tashabbuskori, faxriy ekolog bo‘lgan. Uzoq yillar mobaynida Shohimardonda tomoshalar ko‘rsatib kelgan. 1-darajali «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Xabar.uz marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter