Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda e’tiborsizlik sabab 15 kishi zaharlandi

Samarqandda e’tiborsizlik sabab 15 kishi zaharlandi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati tekshiruviga ko‘ra, shu yilning 4-oktyabr kuni Samarqand shahrida joylashgan hovlida boqilgan tovuq go‘shtidan sixli kabob tayyorlangan. Uni xonadonning 10 nafar oila a’zolari va 5 nafar shu xonadonda qurilish olib borayotgan ishchilar iste’mol qilishgan.

Oradan 3 soat o‘tib, ularda bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynish, qayd qilish, xansirash, havo yetishmasligi kabi klinik belgilar qayd etilib, birozdan so‘ng o‘zlarini yomon his qilishgach, tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilishgan.

Shundan so‘ng Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazining Samarqand viloyati filialiga murojaat qilgan 15 nafar fuqaroga «metgemoglobin hosil qiluvchi birikmalardan zaharlanish» tashxisi qo‘yilgan va tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Epidemiologik surishtiruvlar va zarur profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan.

Kasallik qayd etilgan xonadonda o‘tkazilgan tekshiruv davomida iste’mol qilingan mahsulotlardan laboratoriya tahliliga namunalar olingan. Natijada ovqatda ishlatilgan tuz mahsuloti xonadon egasi tomonidan olib kelinib alohida selofan idishda saqlangan natriy nitrat moddasi ekanligi tasdiqlagan.

O‘tkazilgan davo muolajlaridan so‘ng klinik belgilar yo‘qolgan, bemorlarning ahvoli yaxshilangan va uylariga javob berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring