Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda mashhur brenddagi mehmonxona quriladi

Samarqandda mashhur brenddagi mehmonxona quriladi

Foto: «Booking.com»

Samarqand to‘rt yulduzli mehmonxonalar soni yana bittaga ko‘payishi mumkin. «Xalq so‘zi»ning xabar berishicha, Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov Germaniyaning «Plaza Hotelgroup GmbH» kompaniyasi ta’sischilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda «Best Western» brendi ostida butun dunyoga zamonaviy mehmonxonalar qurilishi uchun mahsulotlar yetkazib beruvchi mazkur kompaniyaning salohiyati haqida ma’lumotlar taqdim etilgan. Shuningdek, tadbirda Samarqand shahrida «Best Western» xalqaro brendi ostida 4 yulduzli mehmonxona qurish taklifi bildirilgan.

«Plaza Hotelgroup GmbH»kompaniyasiga 2002-yilda asos solingan. Hozirgi kunda kompaniya Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Chexiya davlatlarida jahon standartlariga javob beruvchi 34 ta mehmonxonasiga ega.

Shuningdek, kompaniya jahonda eng tez rivojlanayotgan zamonaviy mehmonxona qurilishi va rekonstruksiya qilinishi, uni intergatsiyalashgan tizimda boshqarish imkoniyatiga ega. Barcha mehmonxonalar xalqaro tan olingan «Best Western» brendi ostida boshqariladi.

Kompaniya O‘zbekistonga mehmonxonalar tarmog‘i bo‘yicha 100 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritishni mo‘ljallagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya 3-5 yil davomida jami 8 ta mehmonxona qurib, foydalanishga topshirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda Turkiyaning APEAC kompaniyasi bilan hamkorlikda, loyiha qiymati 20 million AQSh dollari bo‘lgan besh yulduzli mehmonxona qurilish haqida xabar berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring