Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda mudhish YTH sodir bo‘ldi

Samarqandda mudhish YTH sodir bo‘ldi

Foto: «UzNews.uz»

Bugun, 6-mart kuni ertalab soat 9:30 da Samarqanddagi Nor Yoqubov ko‘chasida «Nexia» va «Captiva» avtomobillari to‘qnashib ketdi. Bu haqda «Uznews.uz» xabar berdi.

Samarqand viloyatining Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ma’lum qilishicha, yo‘l-transport hodisasi natijasida «Nexia» avtomobilining haydovchisi tan jarohati olgan va shifoxonaga olib ketilgan.

«Captiva» avtomobilining haydovchisiga esa hech qanday tan jarohati yetmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring