Samarqandda uch fuqaro is gazidan halok bo‘ldi
Bugun, 28-dekabr kuni Samarqand viloyati Urgut tumani Boybo‘l MFY hududida is gazidan zaharlanish natijasida 3 nafar fuqaro vafot etgan.
Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismi bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu baxtsiz hodisa nostandart gaz balloni va isitish moslamasi (gorelkasi)dan foydalanish oqibatida yuzaga kelgan.
Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, qo‘lbola istish moslamasining dudburoni hamda yotoqxonada xavo almashish tizimi o‘rnatilgan tartibda bo‘lmagani sababli, suyultirilgan gaz yonishi natijasida hosil bo‘lgan is gazi xona ichida to‘plangan va fuqarolar o‘limiga sabab bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter