Samarqandda yo‘l to‘silib, avtobusga hujum qilindi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandning Oqdaryo tumani hududida bir guruh shaxslar yo‘lni to‘sib, avtobusni toshbo‘ron qilishgani aks etgan video tarqaldi.
Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi holatga munosabat bildirdi.
«Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lda bir guruh fuqarolar yo‘lovchi tashuvchi avtobus yo‘lini to‘sib, oynasiga tosh otganligi holatining sabablari viloyat IIB tomonidan o‘rganilmoqda.
O‘rganishlar yakuni bilan ushbu holatda ishtirok etgan barcha shaxslarning harakatlariga huquqiy baho beriladi», deyiladi munosabatda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter