Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandning uch tumanida jamoat Wi-Fi zonalari tashkil etildi

Samarqandning uch tumanida jamoat Wi-Fi zonalari tashkil etildi

Illyustrativ foto

Samarqand viloyati Jomboy, Nurobod va Qo‘shrobod tumanlari aholisi uchun yangi jamoat Wi-Fi zonalari foydalanishga topshirildi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

«O‘zbektelekom» AK Samarqand filiali 222-ATSda uskunalarni modernizatsiyalash munosabati bilan Samarqand shahrining Beklar va Nayman mahallalari aholisi uchun yangi texnologiyalar bo‘yicha abonentlarni ulash yuzasidan telekommunikatsiya xizmatlarining sayyor savdosi tashkil etildi.

Sayyor savdo davomida fuqarolarga ushbu hududda o‘rnatilgan zamonaviy MSAN qurilmasi hamda ADSL va VDSL texnologiyalari haqida ma’lumotlar berildi. Qurilmani modernizatsiyalash internet tarmog‘iga ulanish tezligi va sifatini oshirish imkonini beradi. Aholiga VDSL texnologiyasi bo‘yicha qayta ulanish taklif etildi, shuningdek yanada yangi tezkor va amaldagi hamyonbop tarif rejalar haqida ma’lumotlar berildi.

Sayyor savdolar o‘tkazish davomida aholiga UZTELECOM kompaniyasining telekommunikatsiya xizmatlariga yashash joyidan tashqariga chiqmagan holda ulanish imkoniyati taqdim etildi, shuningdek, amaldagi abonentlardan kompaniyaning telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish chog‘ida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha arizalar qabul qilindi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligini nishonlash arafasida Jomboy, Nurobod va Qo‘shrobod tumanlarida yangi Wi-Fi zonalarini ishga tushirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring