Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sankt-Peterburgda og‘ir ahvolda qolgan yuzdan oshiq o‘zbekistonlik qaytariladi

Sankt-Peterburgda og‘ir ahvolda qolgan yuzdan oshiq o‘zbekistonlik qaytariladi

Foto: "Dunyo" agentligi.

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan 100 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari yurtimizga olib kelinadi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.

Mazkur insonparvarlik ko‘magi O‘zbekistonda 30-iyuldan 30-avgustgacha e’lon qilingan "Vatanga qaytarish" loyihasi doirasida mamlakat Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi ko‘magida amalga oshirilyapti.

Aksiyasi doirasida Sankt-Peterburg shahrida og‘ir hayotiy vaziyatda bo‘lgan 100 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolariga Vatanga qaytish sertifikatlari va aviachiptalar taqdim etildi. Ular 18 avgust kuni O‘zbekistonga kuzatib qo‘yiladi. 

Bundan tashqari, 33 nafar yurtdoshimizga, shu jumladan, Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo‘lgan va og‘ir moddiy ahvolda qolgan vatandoshlarga moddiy yordam ko‘rsatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring