Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jomboy hokimi saratonga chalingan qo‘li kalta onaning o‘g‘lini uylantirib, uyining boshlang‘ich to‘lovini to‘lab berdi

Jomboy hokimi saratonga chalingan qo‘li kalta onaning o‘g‘lini uylantirib, uyining boshlang‘ich to‘lovini to‘lab berdi

Foto: Sohib Sayfullayev / «Jomboy tongi»

Yoshlar kuni arafasida Jomboy tumanida ikkita namunali, ixcham to‘y o‘tkazildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga «Jomboy tonggi» muxbiri Sherzod Isoqulov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bungacha yoshlarning sharoit va ehtiyojlari o‘rganilgan. Shu asosda hokim uy-joyga muhtoj kelin-kuyovlardan biriga yangi turar-joyga ega bo‘lganlik haqidagi sertifikatni topshirdi. Uyning boshlang‘ich to‘lovi homiylik mablag‘i asosida to‘lab berildi. Ikkinchi oilaga esa zamonaviy kir yuvish mashinasi hadya qilindi.

Foto: Sohib Sayfullayev / «Jomboy tongi»

— Uzoq yillar surunkali xastalik bilan kurashib keldim, — deydi Hikoyat Mansurova. — Topgan-tutganimiz dori-darmondan ortmadi. Do‘xtirlar menda saratonning dastlabki bosqichini aniqlashgan. Murodulla — yolg‘iz farzandim. Shuning ham to‘yini ko‘rmay ketamanmi, degan o‘y-hadikda yashadim. Xalqimizga rahmat. Mahallaning yordami katta bo‘ldi. Sog‘ayib ketdim. Bugungi xursandchiligim esa hammasidan cheksiz. Yoshlarga qanot bo‘layotgan shunday tashkilotga, qolaversa, tumanimiz hokimligiga rahmat.

Manbaning qayd etishicha, to‘yda Jomboy tumani hokimi Umid Nazarov ham qatnashgan va tantana egalarini tabriklagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring