Qirol va Tramp Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilishdi
Bugun 3-aprel kuni Saudiya qiroli Salmon bin Abdul Aziz al-Saud AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon muloqoti o‘tkazdi. Muloqot davomida ikki davlat yetakchilari bir qator mahalliy va xalqaro muammolar, shu jumladan, Yaqin Sharqdagi tinchlik o‘rnatish jarayonini muhokama qildilar. Bu haqda TASS xabar berdi.
Saudiya qiroli Falastin xalqining poytaxti Iyerusalim bo‘lgan mustaqil Falastin davlati tuzish huquqini qo‘llab-kuvvatlash masalasida qirollik pozitsiyasi o‘zgarmas ekanligi ta’kidlagan. U shuningdek, Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayoni bilan bog‘liq harakatlar zarurligi haqida gapirgan.
Ikki davlat yetakchilari Iroq va Suriyadagi IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashda birgalikda kurashishning muhimligini qayd etishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter