Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistonining ulkan osmono‘par shahar rejasi boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

Saudiya Arabistonining ulkan osmono‘par shahar rejasi boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

Foto: School-3D-Land

Saudiya Arabistonining «Ko‘zguli chiziq» ulkan osmono‘par shahar barpo etish rejasi boshi berk ko‘chaga kirib qoldi, deb xabar berdi The Wall Street Journal.

Gap shundaki, loyihaning moliyaviy xarajatlari keskin oshib ketgan. Taxminan 2080-yilda bitkazilishi ko‘zda tutilgan «Ko‘zguli chiziq» qurilishining prognoz qilingan kapital xarajatlari 8,8 trln dollargacha yetgan. Bu podshohlikning yillik budjetidan 25 karra ko‘p degani.

Loyiha avvalida osmono‘par shaharni cho‘l bo‘ylab 160 km uzunlikda qurish mo‘ljallangandi, biroq keyinchalik buni uddalashga ko‘zlari yetmay, rejadan voz kechishdi. So‘ngra osmono‘par shaharning 2034-yilda qurilishi yakunlanishi rejalangan birinchi bosqichini 16 kilometrdan 2,4 kilometrga tushirishdi.

Mablag‘larni iqtisod qilish uchun osmono‘par shaharning balandligini ham rejaga nisbatan pastlatish taklifi esa Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi va bosh vaziri Muhammad ibn Salmon Ol Saudga yoqmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring