Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya hukumati ayollarga ilk bor mahramsiz Haj qilishga ruxsat berdi

Saudiya hukumati ayollarga ilk bor mahramsiz Haj qilishga ruxsat berdi

Saudiya Arabistoni hukumati ilk bor ayollarga mahram – yaqin qarindoshi – erkak hamrohisiz Haj qilishga ruxsat bermoqda. Bu haqda Saudiya Arabistoni Haj va Umra (kichik ziyorat) vazirligi rasmiy saytida payshanba kuni chop etilgan xabarda aytiladi.

Saudiya Arabistoni vazirligi joriy mavsumda Haj ziyoratiga borish istagida bo‘lganlar, jumladan, saudiyalik ayollar va Podshohlikda yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan musulmon ayollarni muddatidan oldin ro‘yxatga olish imkoniyatini e’lon qildi. Ro‘yxatga olish qoidalariga ko‘ra, elektron shaklda to‘ldiriladigan arizada hamrohlik qiluvchi shaxs yoki mahram (er, aka, ota yoki o‘g‘il) ko‘rsatilishi majburiy edi. Bu holat nomzodning «o‘z ixtiyori»ga bog‘liq ekani va anketani to‘ldiruvchi ayolning xohishi bilan yozilishi qayd etilgan.

Saudiya Arabistoni Haj va Umra ishlari bo‘yicha vazir o‘rinbosari Abdel Fattoh Mashatning aytishicha, mamlakat rasmiylari «bu yil haj ziyoratiga boruvchi ayollar uchun mahram bo‘lishini talab qilmaslikka» qaror qilgan. Shu bilan birga, u bu holatda musulmon ayol «ayollar guruhi tarkibida» haj ziyoratiga borishi kerakligini ta’kidladi.

2023-yilgi Hajning asosiy marosimlari iyun oyining so‘nggi haftasida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring