Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiyadagi AQSh elchixonasiga hujum qilindi

Saudiyadagi AQSh elchixonasiga hujum qilindi

Saudiya Arabistonidagi Qo‘shma Shtatlar elchixonasiga ikkita dron orqali hujum uyushtirildi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Manbalardan birining aytishicha, hozircha jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Shuningdek, qirollik rasmiylari ham AQSh elchixonasiga zarbalar berilgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlagan.

AQSh prezidenti Donald Tramp elchixonaga qilingan hujumga javob qaytarilishini ma’lum qildi. Bu haqda NewsNation telekanali jurnalisti Kelli Meyer xabar bergan.

“Hozirgina prezident Tramp bilan gaplashdim. U yaqin orada AQSh elchixonasiga qilingan hujum va amerikalik harbiylarning o‘ldirilishiga qanday javob bo‘lishini bilib olishingizni aytdi”, — deb yozgan jurnalist X ijtimoiy tarmog‘ida. “U, shuningdek, [Эронга] qo‘shin kiritishni zarur deb hisoblamasligini ham bildirdi”, — deya qo‘shimcha qilgan jurnalist.

Saudiya Arabistoni mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, AQSh elchixonasiga ikkita dron hujum qilgan, diplomatik vakolatxona hududida yong‘in yuz bergan.

Fox News telekanali jurnalisti Jennifer Griffinning ma’lum qilishicha, hodisa paytida binoda odamlar bo‘lmagani sababli hech kim jabr ko‘rmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring