Bugun quruq va iliq ob-havo kuchayadi
Bugun 2-iyunda O‘zbekiston bo‘yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Havo harorati 29-34° bo‘ladi.
Poytaxtimizda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 31-33° gacha isiydi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23° bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter