Senat raisi jinsiy tarbiya haqidagi gaplariga izoh berdi
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva ta’lim muassasalarida jinsiy tarbiya darslari o‘tilishi haqidagi taklifiga izoh berdi.
– O‘zbekistonda ajrimlarning 15 foizi bepushtlik oqibatida bo‘lyapti. Bunda nafaqat ayollarning, balki erkaklarning ham bepushtligi kuzatiladi... Men jinsiy tarbiya haqida gapirganimda bloger va jurnalistlarimiz mutlaqo noto‘g‘ri tushunishdi. Jinsiy tarbiya zarurati haqida gapirganimga sabab, qizlarni ginekologga, o‘g‘il bolalarni urologga olib borib tekshirtirish, shamollash asoratlarining oldini olish mumkin. Yoshligidan sog‘ligiga qaraydigan bo‘lsak, bepushtlikning oldini olsa bo‘ladi, – deydi Senat raisi.
Mavzu doirasida: «Gulnora Karimova», «jinsiy tarbiya»... Senat raisi nima degan edi?
Shuningdek, Senat raisi O‘zbekistonda odam savdosi jinoyatlarida chaqaloq savdosining ulushi ortganligiga ham alohida e’tibor qaratgan. Ta’kidlanishicha, chaqaloq sotib oluvchi shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazilganda ular bu ishga farzandi bo‘lmagani, oilasini saqlab qolish chorasi sifatida qo‘l urishi hamda bola o‘z aqlini tanib olmasdan, kichikligida asrab olishi kerakligi haqidagi vajni keltirishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter