Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senat saytini buzib kirganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Senat saytini buzib kirganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Joriy yilning 2-noyabr kuni Oliy Majlis Senatining rasmiy sayti xakerlar hujumiga uchragani va ertasi kuni, ya’ni 3-noyabr kuni esa kiberhujumni uyushtirgan shaxs fosh qilingani xabar qilingan edi. 

Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv vaqtida 2022-yilning sentyabr oyidan boshlab Namangan viloyati Norin tumani Ulug‘bek ko‘chasida yashovchi voyaga yetmagan 16 yoshli M.B. boshqalar bilan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, internet ijtimoiy tarmog‘i orqali kiberhujum uyushtirishga oid materiallarni ko‘rish orqali, ushbu yo‘nalishda noqonuniy xatti-harakatlarni o‘zlashtirib, 2 noyabr kuni Senat sayti hamda boshqa boshqa saytlarga noqonuniy kiberhujumlar amalga oshirganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 278-2-moddasi 2-qismi “a” bandi (Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha kelgusi tergov harakatlarni amalga oshirish maqsadida IIV huzuridagi Tergov departamenti ish yurituviga qabul qilingan.

Tergov departamenti xabarida tergov yakuniga ko‘ra barcha aybdorlarga qonuniy chora ko‘rilishi ta’kidlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring