Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sergelidagi yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

Sergelidagi yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

Kecha, 8-aprel kuni Toshkentning Sergeli tumanida qurilayotgan yangi 10 qavatli uyda yong‘in chiqdi. Bu haqda FVV ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, kecha soat 16:41 da Sergeli tumani «Eski Bobur» MFY Yangi Sergeli ko‘chasida qurilayotgan yangi 10 qavatli uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:46 da yetib borgan.

Ma’lum bo‘lishicha binoning 1 qavatida bochka ichida bitum (saqich) mahsulotini eritish ishlari amalga oshirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring